Yosh va yetuk kadrlarni tayorlash amaliyoti va tajriba almashish masalasiga Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan alohida etibor qaratilgan.

Joriy yilning 11-12-noyabr kunlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, UNDP Uzbekistan, Hilfswerk International, Qishlok hoʻjaligi vazirligi va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamkorligida Toshkent viloyatida joylashgan "Gold Dried Fruits Export” va “UZBEK AGRO FOOD” korxonasida Markaziy Osiyo va mahalliy mutaxassislar uchun quritilgan meva va sabzavotlar uchun sifat standartlarini ishlab chiqarishga yoʻnaltirish boʻyicha navbatdagi amaliyot tashkil etildi.

Amaliyot rahbari Turkiyalik xalqaro ekspert Emre Kirichioglu Markaziy Osiyo mutaxassislari tomonidan quritilgan meva va sabzavot mahsulotlari uchun ishlab chiqilayotgan sifat standartlari, mahsulotlarni jahonga eksport qilishiga imkoniyat berishini taʼkidladi

Shu bilan birga mutaxassislar sifat standartlari va muvofiqlikni baholash sohasida faqat nazariy bilimlar bilan cheklanib qolmasligi, ayniqsa bu sohada amaliy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish har bir mutaxassis uchun oʻta muhim bosqich hisoblanashi qayd etildi

Amaliyotda mazkur sohadagi xalqaro tajriba boʻyicha fikr almashilib, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan mavjud muammo va takliflar oʻrganildi va Xalqaro ekspert tomonidan savollarga batafsil javob berildi. Amaliyot yakuni boʻyicha har bir mutaxassis nazariy bilimlarni amaliy koʻnikmalar bilan mustahkamlashda masʼuliyat bilan yondashishiga umid bildirildi.

 

 


Xalqaro hamkorlik boshqarmasi