Sifat haftaligi doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlar Qoʻqon shahrida joylashgan “Quantity class” un va un mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida oʻz ishini davom ettirdi.
Hamdoʻstlik mamlakatlariga oʻz mahsulotlarini eksport qiluvchi mazkur korxonada 7 xil turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi hamda ichki va tashqi bozorlarga yetkaziladi.
Korxonada boʻlib oʻtgan davra suhbatida ishtirokchilar hamda jurnalistlar mahsulot ishlab chiqari, qadoqlash kabi kompyuterlashgan jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar va qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar