Qarshi shahrida tashkil etilgan "Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi"da Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari ham ishtirok etdi.
Mazkur ko’rgazmada Neft va gaz, elektr energetika, kimyo, toʻqimachilik, charm-poyabzal sanoati va boshqa shu kabi sohalar uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik korxonalar ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar va ularda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish imkoniyatlari borasidagi taqdimotlar sanoat yarmarkasining asosiy mavzusiga aylandi. Mazkur sanoat koʻrgazmasi viloyatdagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlar uchun yangi shartnomalar imzolash va xaridorlar topish imkoniyatini yaratadi.