Toʻqimachilik va yengil sanoat institutida Butunjahon sifat kuniga bagʻishlangan ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
“Sifat menejmenti tizimi - taraqqiyot mezoni” mavzusidagi mazkur seminarda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, institut professor-oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida mutaxassislar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4887-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan “Oziq-ovqat sifat haftaligi” tadbirlarini tashkil etilayotganligi, milliy iqtisodiyot ehtiyojlari va zamonaviy raqobat muhitining talabariga asosan ushbu faoliyat yoʻnalishlari tobora rivojlanib borayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.