Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4887-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar “Oziq-ovqat sifat haftaligi” tadbirlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan Andijon viloyatida joylashgan yirik savdo markazlarida sifatli mahsulotlar namoyishi boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda Isteʼmolchilarni himoya qilish agentligi hamda bir qator mutasaddi tashkilot vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar milliy iqtisodiyot ehtiyojlari va zamonaviy raqobat muhitining talabariga asosan ushbu faoliyat yoʻnalishlarining qonunchilik asoslari takomillashtirilib, nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish uchun sharoit yaratilayotganligini guvohi boʻldilar.