Joriy yilning 8-12-noyabr kunlari BMTTDning “Savdoni rivojlantirish” loyihasi (UNDP)tomonidan “Hilfswerk International” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Quritilgan meva va sabzavotlar uchun sifat standartlari asosida sifatni boshqarish tizimlari va eksportgacha tekshirish xizmatlarini rivojlantirish” boʻyicha mintaqaviy treningi boʻlib oʻtmoqda.
Trening maqsadi – savdo bozorlarida chakana zanjirlar/xaridorlar talablariga rioya etilishini taʼminlash uchun quritilgan meva va sabzavot mahsulotlari uchun xalqaro sifat standartlari, eksportgacha tekshirish yondashuvlarni amaliy qoʻllash boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqalarida ishtirokchilarini tayyorlash.
Trening davomida, trening spikeri, Turkiya savdo vazirligi savdo inspektori Janob Kiricioglu Yemre tomonidan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tekshirish sxemasi sifatida tegishli texnik qoidalarga, yondashuvlar va standartlashtirish amaliyoti haqida maʼlumot berildi.
Treningda ishtirokchilar quritilgan meva va sabzavotlarning ushbu sohasidagi xalqaro tajriba yuzasidan fikr almashdilar, mavjud muammolar va ishtirokchilar tomonidan bildirilgan takliflarni oʻrganib chiqdilar hamda xalqaro ekspert Yemre Krikioglu savollarga batafsil javob berdilar.
Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi