Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi mediya-turda jurnalistlar Xorazm filialining Jahon banki mablagʻlari hisobidan modernizatsiya qilingan, eng soʻnggi va zamonaviy sinov laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdilar. Uskunalarning aniqlik koʻrsatkichi, vaqtning tejalishi va uning keng imkoniyatlari eʼtibor markazida boʻldi.
Shundan soʻng, press-tur qatnashchilari 500 ta ish oʻrni yaratgan, Italiya va Germaniya texnologiyalari asosida mahsulotlarini oʻnlab davlatlarga eksport qilish bilan shugʻullanuvchi “Urganch Bahmal” korxonasida boʻlib, sertifikatlashtirish va standartlashtirish yoʻnalishlarida mutaxassislar tomonidan olib borilgan samarali ishlarning guvohiga aylandilar. Jarayon soʻngida, sohaga doir oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.