Bugungi kunda, mamlakatimizda yirik tadbirkorlik subyektlari va ishlab chiqarish korxonalari jadallik bilan rivojlanib, ilmiy-innovatsion yutuqlardan foydalangan holda yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda.
Ana shunday loyihalardan biri Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumanidagi "Nukus Baliq" qoʻshma korxonasi faoliyatidir. Mazkur korxona Vengriya loyihasi asosida baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va koʻpaytirish bilan shugʻullanadi.
Mazkur korxonada "UzTest" markazi tashabbusi bilan Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur uyushtirildi. Jarayonda jurnalistlar korxona faoliyati, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlari hududiy filiallari tomonidan koʻrsatilgan soha xizmatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.