Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Bekobod filiallari hamkorligida hududda joylashgan “TNA AGROINVEST” korxonasida jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi.
Jarayon davomida jurnalistlar korxonada faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda eksportga yoʻnaltirilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
Zamonaviy texnologiyalar asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi mazkur investitsiya korxonasi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Bekobod filiali xodimlari tomonidan koʻrsatilgan amaliy yordamlar natijasida xalqaro “GLOBALG.A.P.” sertifikatini qoʻlga kiritdi.
Uchrashuda jurnalistlarning boshqa savollariga ham javob berildi.