Maʼnaviyatimiz va milliy qadriyatlarimizni keng targʻib qilishda muzeylarimiz alohida ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat qayta taʼmirdan chiqarilgan “Chirchiq tarixiy” muzeyiga Chirchiq filiali jamoasi tomonidan sayogʻat uyushtirildi. Asosiy maqsad, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bahonasida xodimlarni Chirchiq shahar tarixi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat boʻldi.

Muzey xodimlari har bir eksponat tarixi bilan birma-bir tanishtirib, shahridan topilgan qadimiy topilmalar yuzasidan ham maʼlumotlar berildi. Muzey fondining asosiy qismi sopol va mis buyumlar, meʼmoriy bezak qoplamalari, etnografik buyumlar, yurtimiz rassomlarining asarlari kabi nodir eksponatlardan iborat. Xodimlari bunday uchrashuvdan katta taʼsurotga ega boʻldilar.