Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Kadrlar boʻlimi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati boʻlimi, “UzTest” markazi korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati xizmati bilan hamkorlikda Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari prokuraturasining masʼul xodimlari ishtirokida“Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy profilaktika tadbirlari tashkil etildi.
Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, “UzTest” markazi hamda Departament xodimlari ishtirokidagi mazkur davra suhbatida poraxoʻrlikni oldini olishga qaratilgan hamda ichki mehnat tartibi va odob-axloq qoidalariga rioya etish yuzasidan huquqiy tushunchalar shuningdek, Respublikamizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati, huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan maʼlumotlar berildi.
Mutaxassislar tomonidan targʻibot qatnashchilariga “halollik vaksinasi”, manfaatlar toʻqnashuvida poraxoʻrlikka yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.