Yevropa Komissiyasining qarori bilan joriy yilning 10-aprelida Yevropa Ittifoqining barqaror rivojlanish va boshqaruv boʻyicha imtiyozlar tizimi (GSP +) Oʻzbekiston uchun kuchga kirdi.

Bu Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga toʻqimachilik mahsulotlarini eksportini oshirish uchun qoʻshimcha imkoniyat yaratadi. Review.uz sayti maʼlumotiga koʻra, 2020-yilda Yevropa Ittifoqiga 74 million dollarlik mahsulotlar eksport qilingan, GSP+ tizimi qoʻllanilishi bilan 2021-yilda eksport hajmi 142,1 million dollarga, 2022-yilga kelib 242,2 million dollarga koʻpayishi kutilmoqda.

GSP+ tizimiga  aʼzo boʻlish muntazam bozorni  va mavjud talabni oʻrganish bilan birga, xalqaro va yevropa standartlarini joriy etish va menedjment tizimlarini sertifikatlashga alohida eʼtibor berish kasb etadi.

Oʻz mahsulotlari Yevropa bozorlariga eksport qilishni rejalashtirgan, Namangan viloyatining “Oqtosh Tekstil”  va “Aisha Home Textile”  korxonalariga Yevropa Ittifokining ASTRAIA Certification s.r.o. (Slovakia) muvofiqlikni baholash idorasi tomonidan ISO 9001, ISO 14001 va  ISO 45001 sertifikati berildi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va  Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Namangan filiali menejment tizimlarini sertifikatlashtirish  mutaxassislari saʼyi harakati bilan   mazkur korxonalar xalkaro sertifikat olishida   Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori va moliyaviy yordam koʻrsatish tartibiga muvofiq  standartlarni joriy qilish
va muvofiqlik sertifikatlarini olish xarajatlari  Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplab berildi.

“Oqtosh Tekstil”  va “Aisha Home Textile” korxonalarida yillar davomida mutaxassislarning tinimsiz mehnati, mahsulotlarning sifatini taʼminlash borasidagi izlanishlari natijasida bunday yuksak natijaga erishildi. Endilikda mazkur korxonalar  Oʻzbekistonda oʻz faoliyatida xalqaro ISO 9001, ISO 14001 va  ISO 45001 sertifikatiga ega navbatdagi korxonaga aylandi.

 
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi