Adiblar xiyobonida 21-oktyabr - Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkilotchiligida oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda barcha soha va tarmoqlar kabi ona tilimiz qadri va nufuzini yanada oshirish borasidagi siyosat va amaliy ishlar yangi bosqichga koʻtarilayotgani, buning tasdigʻini oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish boʻyicha qabul qilingan tarixiy farmon va qarorlar misolida yaqqol koʻrish mumkinligi taʼkidlandi.
Tadbir soʻngida Alisher Navoiy bobomizga hurmat bajo keltirib, haykal poyiga gulchambarlar qoʻyildi.