Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqiyot dasturining “Markaziy Osiyoda savdoni rivojlantirishga qoʻmaklashish” loyihasi tomonidan BMTning Yevropa iqdisodiy komissiyasi va “Hilfswerk International” xalqaro tashkiloti bilan birgalikda GLOBAL GAP standarti targʻibotiga bagʻishlangan mintaqaviy davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda Agentlikning menejment tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi Asqarali Asqarov ishtirok etib, “Oʻzbekistonda xalqaro GLOBAL GAP standartini joriy etish tajribasi va istiqboldagi rejalar” mavzusida maʼruza qildi.
Menejment tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi