Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida kitob savdo yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada “Sharq ziyokori” va “New Law Express” nashriyot birlashmalari 400 nomdagi 1500 dan ortiq kitoblari bilan qatnashdi
Kitob - insonning eng yaxshi doʻsti, u kishini fikrlashga undaydi, tafakkur manbaini kengaytirishda muhim oʻrin tutadi. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, oʻqishga boʻlgan ishtiyoq xalqimizga xos xususiyatlardan biri hisoblanadi.
Koʻrgazmadan oʻrin olgan kitoblardan xarid qilishda bir muncha hamyonbopligini alohida taʼkidlash joiz. Yarmarkada Agentlik Markaziy apparati, tizim tashkilotlari xodimlari va ularning oila aʼzolari ham faol ishtirok etib, maʼnaviyat oʻchogʻi boʻlgan badiiy hamda ilmiy-ommabop kitoblardan oʻzlari va farzandlari uchun xarid qildilar.
Xodimlarning maʼnaviy intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, Ona Vatan va xalqimizga muhabbat, sadoqat tuygʻularini yanada oshirish va kitob mutolaasi madaniyatini targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan kitob yarmarkasi mutaxassislar qiziqishiga boy boʻldi.