Oʻzbekiston milliy metrologiya Instituti, Chirchiq filialida til bayrami munosabati bilan maʼrifiy mavzudagi uchrashuv tashkil etildi.
Ona tiliga boʻlgan eʼtiborni, mehr-muxabbatni kuchaytirish, tilimizni mukammal bilishga, milliy oʻzlikni anglashga, qadriyatlarni eʼzozlashga oʻrgatish Ona tili millat maʼnaviyatining koʻzgusi ekanini eʼtirof etish bugungi kunda eng muhim masala.
Maʼrifiy uchrashuvga Toshkent viloyati Pedagogika instituti oʻqituvchisi B.Umarov taklif etildi.
Filial rahbari Akbarjon Daminov barchani til bayrami bilan tabriklab, til insonlarning oʻzaro aloqa vositasi boʻlib, insonga bergan bebaho neʼmat ekanligini taʼkidladi. Dunyoda har bir xalqning oʻz tili uning bebaho boyligi, iftixori, najoti hisoblanadi.
Millat bor ekan, uning tili ham yashaydi, tili yashar ekan u millat boshqa millatlar orasida oʻz nufuzi, obroʻsiga ega boʻladi deydi filial rahbari. Tadbirga taklif qilingan B.Umarov filial xodimlariga ona tilining nufuzi, ahamiyati yuzasidan maʼruza qildi.
Maʼrifiy uchrashuvda ona tilning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish uchun uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga kiritishda oʻz hissamizni qoʻshishimiz kerakligi taʼkidlandi. Xodimlar tilning tarixi toʻgʻrisidagi qiziq faktlar bilan tanishdilar.