Joriy yil “Standartlar barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun” shiori ostida nishonlanayotgan Butunjahon standartlashtirish kuniga bagʻishlangan davra suhbati Navoiy viloyatida ham boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Departament, “UzTest” markazi Navoiy viloyatidagi filiallari xodimlari ishtirokida mazkur sana munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy seminar oʻtkazildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda davlat standartlarini xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirishga alohida eʼtibor qaratilayotganligi hamda xalqaro standartlardan foydalanish mahalliy ishlab chiqaruvchilarni raqobatbardoshliligini va mamlakatning eksport imkoniyatini oshishiga zamin yaratayotganligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.