“Til-tur” loyihasining navbatdagi uchrashuv Samarqand viloyatida boʻlib oʻtdi. Samarqand viloyati hududiy filiallarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan monitoring oʻtkazildi.
Unga koʻra, ish yuritish, ish qogʻozlari, peshlavhalar, eʼlonlar, laboratoriya uskunalari annotatsiyalari davlat tilida lotin alifbosida olib borilishi eʼtirof etildi. Shu bilan birga, har bir tizim tashkiloti filiali oʻzi xodimlari bilan alohida-alohida maʼnaviy-maʼrifiy soatlar oʻtkazishi boʻyicha tavsiya berildi.
Filiallarda faoliyat yuritayotgan boshqa millat vakillaridan iborat xodimlar uchun davlat tilini oʻrganishni yoʻlga qoʻyish, lotin alifbosini oʻrgatish boʻyicha kurslar tashkil etish, yoshi katta xodimlariga yosh xodimlar biriktirilib, lotin alifbosini oʻrgatish ishlarini yoʻlga qoʻyilgani ijobiy samara berayotgani taʼkidladi.
Samarqand viloyati hududiy filial masʼullari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi malaka oshirish kurslarida lotin alifbosiga oʻrgatish ishlari tashkil etilgan.
Milliy metrologiya instituti hamda UzTEST DM Samarqand viloyati filiali Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bilan hamkorlik shartnomalarini imzolagan, filial xodimlari institut tomonidan oʻtkaziladigan davlat imtihonlari komissiyasi raisi etib tayinlashadi, institut olimlari tomonidan tayyorlanadigan oʻquv-uslubiy adabiyotlarga taqrizchi va masʼul muharrir sifatida belgilanishadi. Tashrif davomida ushbu institut talabalari UzTEST DMda amaliyot oʻtashayotganliklari guvohi boʻlindi va ularga soha atamalari, meʼyoriy hujjatlarini mukammal oʻzlashtirishlari boʻyicha tavsiyalar berildi.