21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan Agentlik tomonidan eʼlon qilingan “Til-tur” rukni ostida Jizzax hududiy filiallarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha amalga oshiriliayotgan ishlar monitoringi olib borildi.
Hududiy filiallarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tilida ish yuritish boʻyicha masʼullar belgilangan. Filiallarda idoraviy kutubxona, maʼnaviyat va maʼrifat xonasi tashkil etilgan. Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning viloyat hududiy boʻlimi bilan hamkorlikda har oʻn besh kunda xududiy boʻlim tomonidan yangi kelgan kitoblar bilan xodimlarni tanishtirish ishlari olib boradilar. Hududiy filiallar xodimlari ushbu kitolarni zoʻr qiziqish bilan oʻqiydilar.
Oʻzbekiston Milliy metrolologiya instituti hududiy filiali Jizzax politexnika instituti bilan hamkorlik oʻrnatgan. Filial xodimlari tomonidan ushbu oliygoh talabalari uchun davlat tilida “Standartlar va meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish texnologiyasi” mavzusida oʻquv qoʻllanma tayyorlab nashr qilishgan alohida eʼtiborga molik. Bu oʻquv qoʻllanma 5310900 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti bakalavr taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, ilk bor soha boʻyicha ish hujjatlarini davlat tilida tayyorlash texnologiyalari haqida soʻz yuritiladi.