Agentlik Matbuot xizmatining tashabbusi bilan Qarshi shahrida tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda Prezidentimizning texnik jihatdan tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishga oid imzolangan Farmon va Qarorlarida belgilangan qulaylik hamda imtiyozlari haqida maʼlumot berildi.
Uchrashuvda viloyatdagi sanoat korxonalari bilan tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarning sifatini oshirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirsh, xalqaro standartlarni joriy etishdagi tajribalar va bu yoʻnalishdagi muammolar tahlil etildi.
Seminarda hududiy filial masʼullari oʻz yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda joriy yilning oʻtgan davrida bajarilgan ishlari haqida maʼlumot berdilar.
Uchrashuvga Ommaviy axborot vositalari xodimlari ham taklif etildi.