Agentlik huzuridagi Departament va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Jizzax viloyati masʼullari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 02-iyundagi PF-6240 sonli Farmoni hamda PQ-5133 sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qurilish tashkilotlarini xalqaro darajadagi ISO sertifikatlari bilan taʼminlash, ularning baholash meʼzonlarini inobatga olgan holda tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jizzax shahrining Sanoat -“B” hududida joylashgan “JIZZAX MAXSUSTUZATISH SOZLASH” korxonasida qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan korxonaga xalqaro darajadagi standartlari joriy etilib, Koreya davlatining “GCERTI Co., Ltd.” xalqaro sertifikatlashtirish tashkiloti tomonidan sertifikatlanishi boʻyicha yordam koʻrsatildi va ularga (Integrallashgan menejment tizimi) ISO 9001, 14001, 45001 sertifikatlari topshirildi.