Texnik jihatdan tartibga solish agentligida 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayramini keng nishonlash doirasida Agentlik tizim tashkilotlari va hududiy filiallarining maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha masʼullari, matbuot kotiblari uchun onlayn seminar tashkil etildi.
Seminar mavzusi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi taʼminlash, Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya qilindi.
Shuningdek, oylik doirasida Agentlikda xodimlar va ularning farzandlari uchun “Farzandlarimizga kitob sovgʻa qilaylik” nomli kitob yarmarkasini tashkil qilish, yarmarkada tizim tashkilotlari xodimlari va oilalari bilan ishtirok etishlari, xuddi shunday tadbirlarni hududiy filiallarda ham tashkil etilishi boʻyicha tavsiyalar berildi.
Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan “Eng namunali tizim tashkiloti” yoki “Eng namunali hududiy filial” nominatsiyasi boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy ishlar borasida eng yaxshi yutuqlarga erishgan tizim tashkiloti, hududiy filiallarni taqdirlash masalalari va ushbu tanlovga tayyorgarlik koʻrish ishlari koʻrib chiqildi.