Agentlik huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boʻlimi tomonidan qurilish tashkilotlarini xalqaro darajadagi ISO sertifikatlari bilan taʼminlash, ularning baholash meʼzonlarini ushbu koʻrsatgichlarni inobatga olib baholash toʻgʻrisidagi mezonlarga koʻra ishlar amalga oshirilmoqda.
Qiziltepa tumanining “Vangʻozi” QFY hududida joylashgan va viloyatda koʻplab qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan “VANGʻOZI DAVRONI” korxonasida xalqaro darajadagi standartlarni joriy etilib, Slovakiya davlatining “Astraia management” sertifikatlashtirish tashkiloti tomonidan sertifikatlanishi boʻyicha ularga (Integrallashgan menejment tizimi) ISO 9001, 14001, 45001 sertifikatlari topshirildi.
Ushbu sertifikatlarga ega boʻlgan korxona va tashkilotlar respublikada joriy etilgan yagona “qurilishda tanlovlarni oʻtkazish boʻyicha komissiya”ga hujjat taqdim etishi va belgilangan imtiyozga ega boʻlishlari mumkin.