Ustoz-murabbiylar mehri bamisoli qoʻyoshga oʻxshaydi. Ularning beminnat hayotiy oʻgitlari, maslahatlari va koʻrsatgan toʻgʻri yoʻllari tufayli shogirdlar hayot deb atalgan ulkan dengizda oʻz yoʻllarini topadilar.
Shuning uchun ham ularga mehr bilan Ustoz deya murojaat qilinadi. Bayram munosabati bilan Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning hududiy boʻlinmalarida maʼrifiy uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda.
Bugun Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Qashqadaryo filialida “Ustoz mehri bamisli quyosh” deb nomlangan uchrashuv tashkil etildi.
Tabdirga sohada uzoq yillar mehnat qilgan ustozlar taklif qilinib, bayram bilan tabriklanib, sovgʻalar ulashildi.
Uchrashuvda ustozlar yoshlarga oʻzlarining hayotiy oʻgitlari, tajribalarini gapirib berdilar.