Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi koʻmagida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan va Halqaro savdo markazi tomonidan amalga oshiriladigan “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishiga koʻmaklashish” loyihasi doirasida joriy yilning 27-29-sentyabr kunlari muvofiqlikni baholash xodimlari uchun “ISO/IEC 17043 standarti. Muvofiqlikni baholash. Sinov laboratoriyalar imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazish uchun asosiy talablar” mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.

100dan ortiq davlat va xususiy sektorda faoliyat koʻrsatayotgan muvofiqlikni baholash xodimlari ishtirok etgan oʻquv seminarda Xalqaro ekspert Konstantinos Afanasiadis (Gretsiya) tomonidan ISO/IEC 17043 standartidagi mavjud talablar boʻyicha bilim va koʻnikmalar berildi.

Shu bilan birga muvofiqlikni baholash idoralarini akkreditatsiya qilish sohasidagi munosabatlarni halqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish masalalari va bu sohada xalqaro tajriba boʻyicha fikr almashildi. Oʻquv seminari davomida Jahon savdo tashkilotining hozirgi kundagi faoliyati, savdoda texnik toʻsiqlarni qoʻllash boʻyicha kelishuv, savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etishda standartlar, texnik reglamentlarning oʻrni va roli boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtildi.

 

 

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi