Latviya Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Reynis Troksh Texnik jihatdan tartibga solish agentligida boʻldi.
Uchrashuvda standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, kadrlar tayyorlash, grantlar va texnik koʻmaklarni jalb etish sohalaridagi aloqalarini faollashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, suhbat davomida mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirishda muhim oʻrin tutuvchi Global GAP, CE markirovkasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.