Farmonga koʻra, 2021-yil 1-oktyabrdan:
- Yillik eksport hajmi 20 million AQSH dollaridan oshgan korxonalarga eksport savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun bir martalik moliyaviy resurslar 5 million AQSH dollarigacha miqdorda, bir yilgacha muddatga taqdim etiladi;
- Oxirgi 12 oy davomida 1 million AQSH dollaridan ortiq tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarga asosiy va yordamchi ishlab chiqarishi uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar olib kirishda bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha foiz hisoblanmagan hamda ularning toʻlanishini taʼminlash talab etilmagan holda 120 kunga kechiktirish imkoniyati beriladi.
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qoʻllanilishi 2021-yil 31-dekabrgacha toʻxtatiladi.
Shuningdek, 2021-yil 1-oktyabrdan yuqori sifat va nazorat tizimiga ega mamlakatlardan sertifikatlangan va deklaratsiyalangan asbob-uskuna, butlovchi qismlar, xomashyo, oʻlchov vositalari, kimyoviy reagentlar, koʻtarish moslamalari va transport vositalari importida milliy sertifikat olish talabi bekor qilinadi.
Ushbu farmon mazmun moxiyati va ctandartlarning davlat yalpi ichki mahsuloti oʻsishi hamda tashqi savdo aylanmasiga ijobiy taʼsirini qamrovli tushintirish maqsadida joriy yilning 18 centyabr kuni muvofiqlikni baxolash soxasida faoliyat yurituvchi idoralar uchun oʻquv-seminari tashkil etildi.
Tadbirda davomida farmon mazmun mohiyati, Oʻzbekiston texnik jixatdan tartibga solish agentligiga qoʻyilgan vazifalar, topshiriqlar tushuntitildi, ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi.
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi