Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Vazirlar Mahkamasining topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining 37 ta texnik reglamentlarini yurtimizda qabul qilinishi yuzasidan masʼul vazirlik va idoralardan mutaxassislar ishtirokida reglamentlarni qabul qilinish ishlarini jadallashtirish boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi.
Ushrashuvda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining texnik reglamentlariga Adliya vazirligidan Huquqiy ekspertiza xulosasida berilgan taklif va eʼtirozlarini bartaraf etgan holda, Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Yigʻilishda ishtirok etgan masʼul idora vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishi bilan birga, oʻz taklif va mulohazalarini ham berdilar.