O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122- sonli «Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, ishlab chiqaruvchi korxonalarga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘maklashish maqsadida, «O‘zstandart» agentligi “Mahsulotlarni eksportga qilishga ko‘maklashish Byurosi» hamda Germaniya Halqaro xamkorlik tashkilotining «Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoga ko‘maklashish” Dasturi bilan hamkorlikda «Yevropa ittifoqi mamlakatlari bozorlariga qanday qilib eksport qilish kerak. Tekstil mahsulotlari misolida» qo‘llanmasi tayyorlandi.
Ushbu qo‘llanma tekstil mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilishdan manfaatdor bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga import qilish tartib-taomillari va qo‘yiladigan talablar hamda tekstil mahsulotlarining halqaro standartlari haqida ma’lumotlar joylashtirilgan.