Rossiya Federatsiyasining “Rosstandart” federal agentligi bilan Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi oʻrtasidagi halkaro hamkorlik dasturi doirasida soha mutaxassislari uchun onlayn oʻquv seminari tashkil etildi.
Rossiya standartlar instituti bosh direktor maslahatchilari Yuriy Ivanovich Butыrev va Budkin Yuriy Valeryevich tomonidan tinglovchilarga standartlarni ishlab chiqishda va milliy standartlashtirish tizimini rivojlantirishda texnik qoʻmitalarning oʻrni, ctandartlarning davlat yalpi ichki mahsuloti oʻsishi va tashqi savdo aylanmasiga ijobiy taʼsirini baholash, texnik jixatdan tartibga solishda davlat nazorati mexanizmlari, Rossiyaning standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tajribasi boʻyicha bilim va koʻnikmalar berildi.
Tadbirda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mufassal javob berildi.
Tadbir yakuniga koʻrastandartlashtirish, muvofiqlikni baholash va texnik jihatdan tartibga solish sohasida keng koʻlamli hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi