Mamlakatimizdagi telekommunikatsiya sohasi va bu sohadagi mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida “Telekom innovation” Oʻzbekiston-Singapur qoʻshma korxonasida press-tur oʻtkazildi.
Manzilga yetib kelingandan soʻng, jurnalistlar korxonadagi ishlab chiqarish maydonidagi jarayonlar bilan tanishdilar hamda mutaxassislardan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.