Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tashkil etilgan Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtiroklaridagi press tur Buxoroda bir qator ishlab chiqarish korxonalarida davom ettirildi.
Xususan Buxoro gazni qayta ishlash korxonasi va Qorovulbozor tumanidagi Lochin moto korxonalari faoliyati bilan tanishildi.
Bu yerda mahsulot sifati, zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish va boshqa masalalardagi hamkorlik yuzasidan jurnalistlarga malumotlar berildi.