Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Matbuot xizmati va hududiy filiallar hamkorligida Buxoro viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilash, standartlashtirish, metrologiya hamda muvoqlikni baholash yoʻnalishlaridagi murojaatlari tinglanib, ular bilan tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.
Savdo sanoat palatasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikdagi uchrashuv tavfsilotlari jurnalistlar eʼtiborida boʻldi.