Agentlik huzuridagi Departament, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Samarqand viloyatidagi filiallari maʼsullari viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan “Kuk Saray Kamen” oilaviy korxonasida boʻlib, organik oʻgʻit (biogumus) mahsulotini yetishtirish jarayoni bilan tanishdilar.
Maʼsullar tomonidan korxonada yetishtirilayotgan organik oʻgʻit mahsulotini sertifikatlashtirish yuzasidan hamkorlik ishlar olib borilmoqda.