Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash Departamenti va “OʻzTest”ning korrupsiyaga qarshi kurashish xodimlari hamkorligida Sirdaryo va Jizzax viloyati prokuraturalari masʼul xodimlari ishtirokida tizim tashkilotlari xodimlari uchun “Korrupsiya rivojlanishimizga toʻsiq” mavzusida profilaktika tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiya huquqbuzarliklari uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari, korrupsiyaning oqibatlari, Agentlik tizimida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar berildi. Har bir xodim bilan yuzma-yuz suhbat oʻtkazilib, ularning fikrlari tinglandi.