Oʻzbekiston standartlar institutida, joriy yilning 9-sentyabr kuni yangi izohli lugʻatni ishlab chiqish boʻyicha tuzilgan ishchi guruhi oʻzining navbatdagi yigʻilishini oʻtkazdi.
Yigʻilishda “Standartlashtirish sohasida xalqaro atamalar bilan uygʻunlashgan davlat tilidagi atamalar va tushunchalar izohli lugʻati”ning yangi tahrir asosida yaratish masalasi koʻrib chiqildi. Mutaxassislar bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, koʻzda tutilgan rejalar va yuzaga kelayotgan muammoli holatlar, ularning yechimi borasida mulohaza yuritdilar. Ushbu sohada mukammal izohli lugʻatni yaratish boʻyicha kelgusida qilinishi lozim boʻlgan ishlar batafsil kelishib olindi.
Yigʻilishda Institutning yetakchi mutaxassislaridan tuzilgan ishchi guruhi aʼzolari hamda Maʼnaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha bosh direktor maslahatchisi N. Mamadaliyeva ishtirok etdi.