Savdo tarozilarining aniqligi to‘g‘risida

 

Har birimiz deyarli har kuni kamida bir bor xarid amalga oshiramiz. Bu jarayonlarda esa ommalashgan savdo tarozilari asosida xarid amalga oshiriladi. O‘rinli savol tug‘iladiki ushbu tarozilar xatolikka egami? Agarda xatolikka ega bo‘lsa qanchaga ruxsat etiladi?

Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkilotining uyg‘unlashgan standarti

GOST OIML R 76-1 – 2011 me’yoriy hujjatiga ko‘ra qiyoslash bo‘linma qiymati 10 gramm bo‘lgan tarozilar uchun ruxsat etilgan xatolik quyidagicha:

0 dan 5 kg gacha og‘irlikda - 10 g;

5 kg dan 20 kg gacha og‘irlikda - 20 g;

20 kg dan yuqori og‘irlikda - 30 g.

 

O‘zbekiston Respublikasi “Metrologiya”to‘g‘risidagi qonunining 7-, 14-, 17-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi qonunining 8-moddasiga xamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-sonli qaroriga asosan savdo-sotiqda qo‘llaniladigan tarozilar davlat metrologik tekshiruvidan o‘tgan va tegishli sertifikatga ega bo‘lishi lozim.

Ushbu tarozilar O‘zbekiston Respublikasi o‘lchash vositalarining davlat reyestiriga kiritilgan bo‘lishi kerak. Davlat reyestiriga kiritilgan o‘lchash vositalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

http://www.standart.uz/cyrl/page/view?id=29