Germaniyaning GIZ tashkiloti, Xalqaro biznes uyushmasi “Amfori”, Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi hamkorligida “Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatida ijtimoiy muvofiqligi standarti (BSCI)” boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.
GIZ va Amfori hamkorlik loyihasining maqsadi - paxta-toʻqimachilik sanoatidagi ishchi xodimlarning daromadlarini oshirishga, tabiiy resurslarni muhofaza qilishga hamda paxtachilik sanoatida yaxshiroq ish oʻrinlari bilan taʼminlashga qaratilgan boʻlib, ishlab chiqarish korxonalarida masʼuliyatli amaliyotlarni tatbiq etish hamda xalqaro ijtimoiy audit va ijtimoiy standartlarga muvofiqlik shartlari haqida koʻproq maʼlumot berishdir.
Oʻquv dasturida mutaxassislar Amfori BSCI xalqaro standarti boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshirildi, yaʼni “Xalqaro standartlar talablari va mezonlari”; “Korporativ Ijtimoiy Masʼuliyat (KIM) tushunchasi tamoyillarini va dastur materiallarini oʻz korxonangizda qanday amalga oshirish kerak”; “Amfori koʻmagi va koʻrsatmalaridan foydalanish”; “Koʻnikmalarni amalga oshirish jarayonida duch kelishi mumkin boʻlgan muammolarni hal etish yoʻllari”; “Muntazam ravishda oʻtkaziluvchi soʻrovnomalar va sifat hamda miqdoriy koʻrsatkichlar orqali oʻz natijalarini baholash”; “Korxonangiz amaliyotlarini jamoatchilik umidlari va talablariga moslashtirish va biznes jozibadorligini oshirish” mavzulari oʻrin olgan.
Taʼkidlash lozim, treninglar korporativ ijtimoiy masʼuliyat boʻyicha mutaxassis tomonidan oʻzbek tilida 2 guruhga boʻlingan holda oʻtkazildi.