Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim-tashkilotlari hamda hududiy filiallarida Mustaqilligimizning oʻttiz yilligiga bagʻishlangan maʼrifiy uchrashuvlar davom etmoqda.
Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Qashqadaryo filiali va boshqa boʻlinmalari hamkorligi asosida “Mustaqillik oliy neʼmat” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Maʼrifiy uchrashuvda asosiy eʼtibor mustaqillik bayramining oʻttiz yilligi munosabati bilan yangi Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlar va mustaqillik yillarida erishilgan natijalari yuzasidan Qarshi muhandislik instituti dotsenti Qahramon Mahmanazarov oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi.
Shuningdek uchrashuvda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Qashqadaryo filiali rahbari Ulugʻbek Amirqulov bunday uchrashuvlarning ahamiyati katta ekanligini, har bir xodim yurtimizda kechayotgan islohotlarda xabardor boʻlishi muhimligi hamda bayram arafasida bir guruh xodimlar Prezidentimiz tomonidan koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangani bayramga munosib sovgʻa boʻlganligini aytib oʻtdi.
Tadbir soʻngida xodimlar oʻzlarini qiziqtirga savollariga javob oldilar.