Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayramini munosib kutib olish maqsadida viloyat musiqali drama teatrida Agentlikning hududiy filiallari xodimlari hamda ularning oila aʼzolari uchun maʼrifiy uchrashuvlar tashkil etildi.
Unda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, viloyat musiqali drama va komediya teatrining bosh rejissyori va aktyori Ubaydullo Omon va ushbu teatrning aktyorlari bilan yaqindan tanishuvlar oʻtkazildi.
Xodimlarga Buxoro viloyat musiqali drama va komediya teatrining ishga tushganligiga 92 yil toʻlganligi, ushbu dargohda koʻplab mashhur sanʼat dargʻalari Olim Xoʻjayev, Razzoq Hamroyev, Sattor Yarashev, Baxtiyor Ixtiyorov, Tesha Moʻminovlar faoliyat boshlaganliklari yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Shundan soʻng ishtirokchilarga “Xorijlik kelin yoki Buxorocha toʻy qilaman” deb nomlangan spektakl namoyish qilindi.
Bayram arafasidagi bunday qiziqarli uchrashuv xodimlar qalbida uzoq vaqt saqlanib qoladigan boʻldi.