Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuvda Davlatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan agentlikning bir guruh xodimlar esdalik koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, agentlik tizim tashkilotlarida samarali faoliyat olib borayotgan yana bir guruh xodimlar Faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Bunday eʼtirof va eʼtibor xodimlarga yangicha kuch va gʻayrat bagʻishlashi bilan birga, mehnat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Fursatdan foydalanib, barcha hamkasblarni mukofotlar bilan muborakbod etamiz!