Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Xorazm filiali tomonidan ishlab chiqarish korxonalari vakillari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.
Prezidentimizning sohaga oid yangi Farmonida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti oldiga tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishda korxonalarga uslubiy va amaliy koʻmak koʻrsatish yuzasidan vazifa belgilab berilgan edi.
Institutda tadbirkorga koʻmak tamoyili asosida joylarga chiqqan holda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan oʻlchash vositalari, sinov laboratoriyalaridagi mavjud zamonaviy uskunalar yordamida sayyor xizmat koʻrsatish metrologik tekshiruvni amalga oshirib kelayapmiz",- deydi tadbirda soʻzga chiqqan OʻzMMI direktori oʻrinbosari Maʼrufjon Jalilov.
Tadbir davomida tadbirkorlar faoliyati davomida uchrayotgan muammolar xaqida toʻxtalib oʻtdilar.
Xususan, qurilish mahsulotlari yelim, shpaklyovka, buyoq ishlab chiqaruvchi “Mubina-Nigina” korxonasi rahbari T. Sapayev tomonidan, oʻlchash vositalarini metrologik tekshiruvdan oʻtkazish uchun korxonada mablagʻ yetarli emasligi sababli, mazkur masalada amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha murojaat qildi. Murojaatga asosan institutning Xorazm filiali tomonidan istisno tariqasida korxonaga tegishli oʻlchash vositalarini shu kunning oʻzida metrologik tekshiruvdan oʻtkazib berilishini bildirdilar.