“Muvofiqlikni baholash idoralarining vakolatlari standart talablariga muvofiq akkreditatsiya qilinadi”.
Oʻzbekiston Akkreditatsiya markazi tomonidan OAV xodimlari uchun “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish borasida qabul qilingan Farmon va qarorlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar” mavzuida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Tadbir avvalida Oʻzbekiston Akkreditatsiya markazi oʻz faoliyati yuzasidan jurnalistlarga maʼlumot beradi va Oʻzbek-Turk test markazida davom etadi. Unda OAV vakillari mavzu yuzasidan zarur maʼlumotlarga ega boʻladilar.