Tashqi bozorga raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishning oʻziga yarasha talablari mavjud. Ayniqsa mahsulotni eksportga tayyorlash muxim hisoblanadi.

Bugungi kunda xalqaro standart talablarini taʼminlamagan mahsulotlarni jahon bozori qabul qilmaydi.

Yurtimizda oziq-ovqat, toʻqimachilik, sanoat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini anʼanaviy chet el bozorlaridan tashqari Yevropa va Osiyo davlatlarida ham oʻz nufuzini mustahkamlashga eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan korxonabay ishlash tizimi orqali halqaro standartlar joriy etilib FSSC 22000, SMIIC va xalqaro ISO sertifikatlarini olishda amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Fargʻona viloyatining Margʻilon shahridagi “Kernel World” korxonasida FSSC 22000, SMIIC va xalqaro ISO standartlari joriy etish boʻyicha uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Agentlikning xalqaro hamkorlik boshqarmasi, Standartlar instituti va Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi viloyat filiallari mutaxassislari tomonidan “Kernel World” korxonasiga xorijiy davlatlarga eksport qilish va jahon bozoriga kirishdagi mavjud imkoniyatlar, import talablari, mahsulotlarni standart talablariga muvofiq toʻri markirovka qilish, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi eksportbop mahsulotlar yetishtirishda xalqaro standartlarni muhimligi tushuntirildi.

Shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasida olib borilayotgan islohotlardan xabardor boʻlishda oʻquv-seminari tashkil etishga kelishib olindi.


Xalqaro xamkorlik boshqarmasi