Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tizim tashkilotlarining hududiy filiallarida tizimli ravishda oʻrganishlar olib boriladi.
Xuddi shunday oʻrganish Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Qoʻqon filialida oʻtkazildi. Taʼkidlash lozim, Agentlik, tizim tashkilotlari, ularning hududiy filiallarida ushbu yoʻnalishda ijobiy ishlar amalga oshirilgan, davlat tilida ish yuritishga toʻliq oʻtilgan, bugungi kunda lotin alifbosida ish yuritishni taʼminlash boʻyicha ish olib borilmoqda. Shuningdek, e-metrologiya dasturini davlat tilida ishlash jarayoni murojaatchi ishtirokida namoyish etildi.