Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Qoʻqon filialida kuni kecha Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va institutning masʼullari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Bosh direktor maslahatchisi ishtirokchilarga mustaqillikning naqadar buyuk neʼmatligi, mustaqillikka erishish yoʻlida kechgan kurashlar va u bergan imkoniyatlar toʻgʻrisida batafsil tushuntirib berdi.
Tadbirda shuningdek, Qoʻqon Davlat pedagogika instituti Masofaviy taʼlim kafedrasi katta oʻqituvchisi A.Obidova ham ishtirok etib, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligini keng nishonlash maqsadida “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu gʻoyani keng targʻib qilish boʻyicha maʼruza qildi.