Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Qashqadaryo filiali massa boʻlimi xodimlari tomonidan Qarshi shahridagi markaziy dehqon bozorida sayyor metrologik xizmat koʻrsatildi.
Bozorda 250 ta savdo oʻrni mavjud boʻlib, 125 dona tarozi bilan taʼminlangan . Qiyoslov davrida 10 dona elektron tarozi standart talablariga javob bermaganligi sababli muomaladan chiqarilib, ularning oʻrniga yangi elektron tarozi olish taklifi berildi hamda tarozilarni saqlash va ishlatish boʻyicha tegishli maslahatlar berildi