Namangan viloyat hokimligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Savdo-sanoatpalatasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi va “Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi Namangan filiali hamkorligida «SAIDBEK-MUHAYYO SAVDO» va “PURE MAKS TRADE” korxonalariga halqaro muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan taqdim qilingan xalqaro ISO 9001 sertifikati va SE markirovkasi topshirildi.

ISO 9001 – xaridorlarning yuqori sifatli mahsulot
va xizmatlardan foydalanayotganini kafolatlasa, SE markirovkasi- mahsulotga nisbatan qoʻllaniladigan maxsus belgi boʻlib, mahsulot Yevropa Ittifoqi direktivalarining muhim talablariga va uygʻunlashtirilgan standartlariga mos kelishini va mahsulotning muvofiqlikni baholash tartibidan oʻtganligini tasdiqlaydi. Idoralar belgisi esa mahsulot isteʼmolchilarning sogʻligʻi uchun zararli emasligini koʻrsatadi.

Ushbu halqaro muvofiqlikni baholovchi hujjatlar mahsulotlarning sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlariga amal qilinishiga boʻlgan ishonchni ifodalaydi. GSP+dasturi talablarini bajarishda amaliy yordam beradi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mahalliy korxonalar faoliyatini rivojlantirish uchun xalqaro standartlarni joriy etish orqali iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrashga hamda isteʼmolchilari har kuni foydalanadigan mahsulot va xizmatlarda oʻz ifodasini topishga intilmoqda.

«SAIDBEK-MUHAYYO SAVDO» va “PURE MAKS TRADE” korxonalarida yillar davomida mutaxassislarning tinimsiz mehnati, mahsulotlarning sifatini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlari orqali bugun ushbu natijaga erishildi. Endilikda mazkur korxonalar Oʻzbekistonda oʻz faoliyatida xalqaro ISO 9001 sertifikati va SE markirovkasi ega navbatdagi korxonaga aylandi.

 

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi