Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat hududiy inspektorlari tomonidan Navbahor tumanidagi “Yosh kuch” mahallasida kapital rekonstruksiya qilinayotgan 120 oʻrinli maktabgacha taʼlim maskanida ishlatilayotgan qurilish mahsulotlarining sifat koʻrsatgichlari oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida mazkur qurilish ishlari bilan “Aygerin-Almagul” korxonasi shugʻgʻullanayotgani maʼlum boʻldi. Bu yerga keltirilgan 3 tonna sement mahsulotining saklashdagi talablari buzilgani aniqlandi. Qurilish mahsuloti hisoblangan sement ochik havoda, va yerda saqlanmokda. Bundan tashqari mavjud 7500 dona gʻisht mahsulotining sifatini tasdiqlovchi guvohnomasi soʻralganda masʼullar tomonidan takdim etilmadi.
Korxonada qoʻllanilayotgan oʻlchash vositalari oʻz vaqtida qiyoslovdan oʻtmagan. Korxonada saqlanayotgan qurilish mahsulotlarining saqlash boʻyicha meʼyoriy hujjatlari mavjud emas.
Bir turdagi sement mahsulotining qoplari tamgʻasida “Qizilqumsement” AJ tomonidan ishlab chiqarilganligi koʻrsatilgan. Korxonadagi SEM II/A –K (P-I) 32,5 N markali sement mahsulotidan namuna sinov laboratoriyasiga topshirildi.
Oʻrganish vaqtida sement mahsuloti va boshqa qurilish mahsulotlarini saqlashga doir meʼyoriy hujjatlar talablarini oʻrganib chiqish va oʻlchash vositalarini oʻz vaqtida qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha mutasaddilarga tushuntirishlar berildi.