Oʻrganishlar davomida karmana tumanidagi “LOLA KARMANA” korxonasida 2 turdagi sement sotilayotganli maʼlum boʻldi.
Oʻrganish vaqtida PS 400-D20 sement mahsulotiga tegish boʻlgan sifat guvohnomasi yoki mahsulotni sifatini tasdiqlovchi biror hujjat sotuvchi tomonidan taqdim etilmadi.
SEM II/A –K (P-I) 32,5 N markali sement mahsulotiga tegishli yuk xati bilan kelgan, ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan sifat guvohnomalari mavjud.
Oʻrganilgan 2 turdagi sement mahsuloti qoplari tamgʻasida “Qizilqumsement” AJ tomonidan ishlab chiqarilganligi koʻrsatilgan.
Jamiyatda sement mahsulotlarini saqlashga oid meʼyeriy hujjatlar mavjud emas, qoʻllanilayotgan 1-dona 150 kq elektron tarozi qiyoslanmagan.
Oʻrganish vaqtida sement mahsulotini saqlashga doir meʼyeriy hujjatlar talablarini oʻrganib chiqish va oʻlchash vositalarini qiyoslash boʻyicha mutasaddilarga tushuntirishlar berildi.